MUHIM! Sim-kartani yetkazib berish va ulanish xizmati butun mamlakat bo'ylab amalga oshiriladi. Arizani ko’rib chiqish muddati 1 dan 3 kalendar kungacha bo'lishi mumkin. Ariza ko'rib chiqilgandan so'ng, kuryer/diler abonent bilan bog'lanib, sim-kartani abonentning ko'rsatilgan manziliga yetkazilishi va ulanish imkoniyati haqida ma'lumot beradi.
Buyurtmani rasmiylashtirilish paytida abonent o’z pasport ma'lumotlarini to'g'ri ko'rsatishi shart. Agar ma'lumotlar hujjatning asl nusxasi bilan mos kelmasa, kompaniya abonentga rad etish huquqiga ega.
Raqamni ro'yxatdan o'tkazishda, mijoz pasportining (xorijga chiqish pasportini emas) asl nusxasini (ID karta, harbiy guvohnoma yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) taqdim etishi kerak, kuryer hujjatning yoyilgan shakli bilan birga mijozning yuzini ham suratga oladi.
Tanlangan raqamli SIM-kartani rasmiylashtirishda, raqam buyurtma qilinayotganida shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan abonentning shaxsan o‘zi, hujjatning asl nusxasi bilan ishtirok etishi shart.
Sim-kartani yetkazib berish va ulanish faqat sizning hududingiz uchun mavjud, ya'ni yetkazib berish va ulanish faqat sizning hududingiz raqamlari bo'yicha amalga oshiriladi.
Sim-kartani yetkazib berish va ulanish xizmati faqat "Multi", “Konstruktor”, “Status”, “Sizniki” va “Bemalol” turkumidagi tarif rejalariga ulanganda foydalanish mumkin.
SIM-kartani yetkazib berish va ulash xizmati bepul taqdim etiladi, faqat tanlangan tarif rejasining abonent to‘lovini to‘lash kifoya.
SIM-kartalarni yetkazib berish, Dushanbadan Jumagaсha, soat 9:00 dan 18:00 gaсha amalga oshiriladi.