1. Raqamni bron qilish muddati - 5 ish kuni (Dushanba-Juma). Agar ushbu muddat tugaguniga qadar ulanish amalga oshirilmasa, bron qilish bekor qilinadi va raqam sayt orqali qaytadan sotuvga qo'yiladi.
2. "Raqamni bron qilish" xizmati uchun ariza to'ldirilganda quyidagi ma'lumotlarni to'g'ri to'ldirish kerak bo’ladi:
- F.I.Sh.
- Bog'lanish uchun telefon raqami
- Tug'ilgan sana, pasportning seriyasi va raqami, pasport berilgan sana va kim tomonidan berilgan.
Agarda ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlar pasportning asl nusxasi bilan mos kelmasa, Kompaniya raqamni ulashga rad etish huquqiga ega.
3. Ofisga tashrif buyurganda, Kompaniya saytida raqamni bron qilish paytida ko'rsatilgan pasportning asl nusxasi bo'lishi lozim.
4. Raqamlarni bron qilish xizmati faqat oldindan to'lov tizimidagi abonentlar uchun mo'ljallangan.
5. Bron qilingan raqamni Kompaniya ofisida rasmiylashtirish uchun saytda qaysi abonentning shaxsiy ma'lumotlari taqdim etilgan bo'lsa, shu abonent shaxsan o'zi ishtirok etishi shart.
6. Bitta buyurtma bo'yicha bron qilingan raqamlarning maksimal soni - 3 ta raqamni tashkil etadi.
7.Diqqat! "Raqamni bron qilish" xizmati faqat o'z hududidagi raqamlarga amal qiladi. Ya'ni bron qilingan raqamni faqat tanlangan hududdagi ofisda yoqtirish mumkin